O'zbekiston davlat tarixi muzeyiga tashrif

Toshkent shahridagi ishsiz va band bo’lmagan aholini kasb-hunarga o’qitish markazining 120 nafar o’quvchilari Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri H.Karimov boshchiligida 18 may kuni O’zbekiston davlat tarixi muzeyi va Aloqa muzeyiga tashrif buyirdilar.Tashrif davomida markaz o’quvchilari O’zbekiston tarixining eng qadimgi davridan bugungi kungcha bo’lgan davri bilan tanishdilar. Tarix sadosidan xabar beradigan davrlar- eramizgacha bo’lgan davr,ilk o’rta asrlar davri, o’rta asrlar davri, XIX asrdan keyingi davr va bugungi kun hayoti bilan tanishdilar.Shu narsaga amin bo’ldikki bobolarimiz madaniy hayoti juda ham yaxshi o’tganligi,ilm ma’rifatga tashna bo’lganliklari,ularning yozgan asarlari va qoldirgan me’roslaridan ham ko’rinib turibdi.O’zbekiston hududida ayniqsa IX-XII asrlar,XIV-XV asrlar juda ham rivojlanganligini ko’rishimiz mumkin.

admin salom 2018-05-24 12:41:00 56