31 may - O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxiviga ekskursiya uyushtirildi.

2018 yil 31 may kuni Markazda kasb-hunarga o’rganayotgan bir guruh o’quvchilarni darslardan bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, ularni ongida vatanparvarlik hissini yanada rivojlantirish, o’tmish bilan yanada yaqinroq tanishishtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxiviga ekskursiya uyushtirildi. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivida 2 mingga yaqin saqlov birligi hujjatlari saqlanayotganligi, mazkur hujjatlarda O’zbekiston tarixining turli davrlarga oid masalalar yoritilgan bo’lib, ularning o’ta qimmatlilari vaqf hujjatlari hisoblanib, vaqf hujjatlarda bayon etilgan ma'lumotlarning eng qadimiysi IX asrga oiddir Undan tashqari o’quvchilar mavjud qo’lyozma va nodir asarlar, nashrdan chiqarilgan gazeta va jurnallar qolaversa ularni kelajak avlodlarga qay tarzda saqlanayotganligi yuzasidan tanishtirilib, chuqur taasurotlar bilan qaytdilar. Ekskursiya o’quvchilarda katta qiziqish va taasurot qoldirdi.

admin salom 2018-06-04 13:54:59 58