Toshkent shahridagi Ishsiz va band bo'lmagan aholini kasb-hunarga o'qitish markazida PRESS-RELIZ bo'lib o'tdi

Toshkent shahridagi Ishsiz va band bo'lmagan aholini kasb-hunarga o'qitish markazida 2018 yil 19 aprel kuni Sergili tumani Xalq ta'limi bo'limi bilan birgalikda tumanda joylashgan 25 ta maktab direktorlari bilan ochiq eshiklar kuni o'tkazildi. Markaz direktori B.Sharapov tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad ta'lim muassasalari bitiruvchilarining mehnat bozoridagi raqobatning ortib borishini hamda bitiruvchilarning kasb maxorati va kasb ko'nikmalari ish beruvchilar tomonidan ham kun sayin talabgor bo'lib borayotganligini e'tiborga olib, umumta'lim maktab o'quvchilarini kasb-hunarga qiziqtirib borish va ularda erta yoshdan kasb ko'nikmalarini shakllantirish yuzasidan ularni Markaz faoliyati bilan yaqndan tanishtirish ekanligini ma'lum qildi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Toshkent shahrida Korea Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ishtirokida kasb-hunarga o'qitish markazini tashkil etish choralari to'g'risida" 2007-yil 13-avgustidagi 170-son qaroriga muvofiq Toshkent shahridagi ishsiz va band o'lmagan aholini kasb-hunarga o'qitish markazi tashkil etilgan. Markaz ochilishidan ko'zlangan asosiy maqsad, Respublikamizdagi ishsiz fuqarolarni quyidagi asosiy yo'nalishlar, ya'ni "Elektr, elektronika va avtomatlashtirish" , "Mashinasozlik ishlab chiqarish texnologiyasi", "Axborot texnologiyalari", "Avtomobillarni ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko'rsatish" bo'yicha bir yilgacha muddatda kasb-hunarga qayta o'qitib, tayyorlashlashdan iborat. Tadbir so'ngida Sergeli tumani Xalq ta'limi bo'limi tasarrufidagi 25ta maktab direktorlari Markaz faoliyati bilan tanishib olib borilayotgan dars jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.

admin salom 2018-04-19 16:03:04 2