Admin 22-01-2021 15:25 159

2021 yil 20-yanvar kuni

2021 yil 20-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Toshkent shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o'qitish markaziga Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) O'zbekistondagi ofisi eksperti Pak Chansuk xonim, Valantyorlar bo'limi hodimi A.Shomirzayev, Yu.Achilovalar tashrif buyurdi. Mehmonlar markaz jamoasi tomonidan samimiy kutib olindi hamda markaz faoliyati batafsil tanishtirildi.

Shundan so'ng tamonlar Valantyorlar faoliyati va kelgusida ular bilan hamkorlik aloqalarni yanada rivojlantirish bo'yicha kelishib oldi. Tashrif so'ngida Pak Chansuk xonim samimiy qabul uchun markaz jamoasiga minnatdorchilik bildirdi.

Hamkorlar