Admin 27-08-2020 18:36 161

26-avgust kuni Koreya xalqaro hamkorlik agentligining

2020-yil 26-avgust kuni Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (КOICA) O`zbekistondagi ofisi direktori o`rinbosari Park Hye Jeong xonim va Volontyor, loyiha bo`limi hodimi Dilmurod Yusupovlar O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Toshken shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o`qitish markaziga tashrif buyurdi.  

Tashrif avvalida mehmonlar markazdagi yo`nalishlar bilan yaqindan tanishishdi va taasurotlari bilan o`rtoqlashdi. Park Hye Jeong xonim Koronavirus pandemiyasi davrida kasb-hunarga o`qitish markazlarida ta’lim sifatini yanada takomillashtirish maqsadida  “Online ta’lim platformasi” yaratilishi lozimligi hamda kasb-hunarga o`qitish markazlari o`rtasida ma’lumot almashish tizimini soddalashtirish lozimligini ta’kidlab o`tdi.

Shundan so`ng Axborot texnologiyalari yo`nalishi o`qituvchilari tomonidan yaratilgan “Online ta’lim platformasi”  taqdimoti bilan batafsil tanishdi va o’z fikr mulohazalarini bildirib o`tdi.

Hamkorlar