Admin 06-02-2020 08:17 275

Boʼsh ish oʼrinlari mehnat yarmarkasi yakunlari...

Bugun Yoshlar ijod saroyida 7000 ga yaqin yurtdoshlarimizni bir binoda jam etgan mehnat yarmarkasi boʼlib oʼtdi.

Tadbir maqsadi nimalardan iborat?

Ishsiz va band boʼlmagan fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning bandligiga koʼmaklashish, ularni mehnat bozoridagi kasblarga yoʼnaltirish.

Xoʼsh, natijalar qanday?

Mazkur tadbirda Toshkent shahridan 452 ta korxona va tashkilot 2500 dan ortiq boʼsh ish oʼrinlarini talabgorlarga taqdim etdi. 264 nafar ishsiz shu joyning oʼzida mehnat shartnomasi tuzishga erishdi, shuningdek, 1200 nafar aholiga ishga joylashtirish boʼyicha yoʼllanmalar berildi.

Bundan tashqari, 122 nafar ishsiz mehnat bozorida talab yuqori boʼlgan kasblarga tayyorlash va qayta tayyorlash uchun yoʼllanmalarga ega boʼldi.

Yarmarka davomida yurtdoshlarimizning madaniy hordiq chiqarishlari uchun sanʼatkorlar ishtirokida kontsert dasturlari ham tashkilllashtirildi.

Manzil: Toshkent shahar , Sergeli tuman, Sergeli-8a.

Tel.: (+99894) 660 88 09

Facebook: https://www.facebook.com/koica.uz/

Instagram: https://www.instagram.com/vtctuz/

vk: https://vk.com/vtct_koica

Telegram: https://t.me/koica_uz,

https://t.me/KOICA_vtct

Sayt: https://vtct.uz/

Hamkorlar