Admin 22-01-2021 15:24 225

Joriy yilning 22 yanvar kuni

Joriy yilning 22 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021 yilning 19 yanvar kuni respublikada ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo'yicha videoselektor yigilishida muhokama qilingan masalalar tahliliga bag'ishlangan Videokonferensiya yig'ilishi bo'lib o'tdi. Videoselektorda Vazirlik tasarrufiga kiruvchi barcha tasarrufiy tashkilotlar ishtirok etdilar.

Yig’ilishda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi o’rinbosari, professor Muhammadjon Quronov ishtirok etdi. M.Quronov Prezidentimizning so’zlagan nutqlari bo'yicha tushuntirish, izohlar berib o'tdi. Barcha davlat va jamoat tashkilotlari o'z faoliyatida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligiga alohida e'tibor qaratishlari lozimligi ta'kidlandi.  

Hamkorlar