Admin 13-01-2020 13:49 405

Markazda qabul jarayonlari boshlandi

Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Oʼzbekistonda kasb-hunarga oʼqitish imkoniyatlarini rivojlantirish” loyihasi doirasida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ishtirokida Toshkent shahrida tashkil etilgan ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʼqitish markaziga oʼquvchilar qabul qilinadi.
Markazda ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʼqitish (qayta tayyorlash) quyidagi asosiy yoʼnalishlar boʼyicha bepul amalga oshiriladi
 avtomobillarni taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʼrsatish (avtochilangarlar, motorchilar, avtomobillar diagnostikasi boʼyicha mutaxassislar), 
mashinasozlik ishlab chiqarish texnologiyasi (tokarlar, frezerchilar, payvandchilar, metallga ishlov berish mutaxassislari), 
Elektrotexnika, elektronika va avtomatlashtirish (elektron texnika, radio va teleapparaturalarni taʼmirlaydigan mutaxassislar), 
Axborot texnologiyalari 
-Loyihalash va kompьyuter grafikasi dizayneri(AutoCad, 3D Max, Kompьyuter grafikasi)
-Veb dasturlash (Html, Css, Php+MySql, Jscript, yii2, Wordpress, Dle, Joomla)
-Nashriyot va grafik dasturlari (CorelDraw, Adobe dasturlari: Photoshop, inDesign, PremierePro, Video Studio,)
-Office dasturlari (MsWord, MsExcel, MsPowerPoint)
-Kompьyuter tizimlari va tarmoqlari.
-Аlgaritimlash va dasturlash asoslari.
-Multimediya texnologiyalari.
-Аxborot texnologiyalari.
Markazda kasb-hunarga oʼqish muddati 8 oy, shundan Markazda oʼqish – 6 oy, korxonalarda ishlab chiqarish amaliyoti – 2 oy.
Kasb-hunarga oʼqitish markaziga hujjatlar, oʼqish istagini bildirganlarning ixtiyoriy tanloviga muvofiq, tuman (shahar) Bandlikka koʼmaklashish markazining yoʼllanmasi asosida qabul qilinadi.
Toshkent shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʼqitish markazining bitiruvchilariga egallagan kasbi (mutaxassisligi) boʼyicha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi davlat namunasidagi diplom beriladi. 
Talab qilinadigan hujjatlar: ariza, pasport (asli va nusxasi), maʼlumotini tasdiqlovchi hujjat, sogʼligʼi toʼgʼrisida maʼlumotnoma (086 forma), ishga joylashtirishni kafolatlovchi uch tomonlama (ish beruvchi, tuman (shahar) Bandlikka koʼmaklashish markazi, jismoniy shaxs) shartnoma nusxasi, Bandlikka koʼmaklashish markazi tomonidan berilgan yoʼllanma, 3,5x4,5 mm hajmdagi 4 dona rangli fotosurat. 
Hujjatlar 2019 yil 1 noyabrdan 30 noyabrgacha qabul qilinadi.
Manzil: Toshkent shahar, Sergeli tumani, Sergeli-8 mavzesi. 
Murojaat uchun tel (+99871) 251-19-03, 251-26-44, 251-26-91.
Facebook: https://www.facebook.com/koica.uz/
Instagram: https://www.instagram.com/vtct.uz/
Vk: https://vk.com/vtct_koica
Telegram: https://t.me/koica_uz, https://t.me/KOICA_vtct
Sayt: http://vtct.uz/

Hamkorlar