Admin 06-02-2020 08:30 266

Oʼzbekiston «WorldSkills International»

Oʼzbekiston «WorldSkills International» xalqaro Аssotsiatsiyasiga aʼzo davlatlar qatoriga kirganidan soʼng, keyingi xalqaro chempionatlarga tayyorgarlik qizgʼin davom etmoqda. Hozirda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakillari, «Uzbekistan Skills» Аssotsiatsiyasi rahbari Аlisher Elmuradov va Toshkent shaxridagi ishsiz fukarolarni kasb-xunarga ukitish markazi rahbari Djamshed Valievlar rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasining «WorldSkills Russia» Аkademiyasida boʼlib turibdi.
Rossiya bilan hamkorlikda «Kasbiy taʼlimni raqobatbardoshligini oshirish, kadrlar tayyorlash tizimini modernizatsiya qilish», «WorldSkills International» standartlariga muvofiq malakali kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish kabi mavzulardagi taqdimotlarda oʼzaro manfaatli fikrlar almashishmoqda. Kelajakda bu harakatlar «WorldSkills International» xalqaro chempionatlarida ishchi kasblar boʼyicha Oʼzbekiston milliy terma jamoasini yuqori natijalarga erishishini taʼminlasa ajabmas.

Manzil: Toshkent sh , Sergeli t, Sergeli-8a. 
Tel.: (+99894) 660 88 09
Facebook: https://www.facebook.com/koica.uz/
Instagram: https://www.instagram.com/vtctuz/
vk: https://vk.com/vtct_koica
Telegram: https://t.me/koica_uz,
https://t.me/KOICA_vtct

Hamkorlar