Admin 06-08-2020 14:00 284

Rossiya Federatsiyasi Amur viloyatidagi Amur gazni qayta ishlash zavodi...

2020-yil 5-avgust kuni Rossiya Federatsiyasi Amur viloyatidagi Amur gazni qayta ishlash zavodi qurilishi uchun mas’ul pudratchi tashkilotlar delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida delegatsiya vakillari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Toshkent shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazida bo‘lishdi.

Ayni damda butun dunyo mamlakatlari og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Koronavirus pandemiyasi sharoitida ishsizlar sonining keskin oshib ketishi, ishlab chiqarish korxonalarining ish faoliyatidagi uzilishlar, mehnat migratsiyasi masalalarida izchil islohotlar va faol hamkorlik olib borishni taqazo etmoqda. Hozirgi pandemiya sharoitida Rossiya Federatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi uchun mehnat migratsiyasi sohasidagi strategik hamkorlardan biri sifatida mehnat migrantlarining chet elda faoliyat yuritishlari uchun lozim bo‘lgan masalalarni muhokama qilishdi. «Neft va gaz ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti (NIPIGAZ)» AJ raisi o‘rinbosari Denis Miщenko boshchiligidagi Rossiya Federatsiyasi Amur viloyatidagi Amur gazni qayta ishlash zavodi («Renosans Xevi indastrii» va «Yamata Yatirim Inshaat turizm ve Tidjaret Anonim Shirketi»ning Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi) qurilishi uchun mas’ul pudratchi tashkilotlar delegatsiyasi tashrif davomida Toshkent shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazi bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurligi aytib o‘tildi. Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi tashrifi UzReport va Sevimli kanallari orqali keng yoritildi.

Hamkorlar