Admin 13-01-2020 14:07 601

Sergeli politexnika kasb-hunar kollejida tashkil etilgan futbol turnirida 16 ta komanda guruhlarga boʼlingan holda ishtirok etdi.

Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi Bandlikka koʼmaklashish markazlari, Toshkent shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-xunarga oʼkitish markazi, Toshkent ishsizlarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlari oʼrtasida Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi tashabbusiga binoan 2019 yil 12 oktyabrь kuni Sergeli politexnika kasb-hunar kollejida tashkil etilgan futbol turnirida 16 ta komanda guruhlarga boʼlingan holda ishtirok etdi.
Musobaqa yakuni boʼyicha Toshkent shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-xunarga oʼkitish markazi jamoasi Boshqarma kubogi 1-oʼrin sohibi boʼldi.
Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi boshligʼi Z.Joʼraev tomonidan Markaz jamosiga Boshqarma kubogi va har bir ishtirokchiga esdalik sovgʼalari tantanali ravishda topshirildi.
Toshkent shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-xunarga oʼkitish markazi direktori Dj.Valiev Markaz futbol jamoasini gʼalaba bilan tabriklab, har birini moddiy ragʼbatlantirilishini taʼkidladi. Bu esa jamoa aʼzolariga koʼtarinki rux bagʼishladi.

Hamkorlar