Admin 14-02-2020 13:53 66

Toshkent shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazida bir guruh uyushmagan yoshlar bilan o‘tkazilgan amaliy uchrashuv

2020 yil 7-fevral Turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning yot g‘oyalarga qarshi immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida 2020 yil 7 fevral kuni Toshkent shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazida Sergeli tumani prokuraturasi tashabbusi bilan Oliy Majlis deputatlari, tuman hokimligi, IIB, tuman BKM, Yoshlar ittifoqi Sergeli tuman kengashi hamda bir guruh uyushmagan yoshlar bilan amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilariga O‘quv markazi faoliyati, o‘quv xonalari, amaliyot xonalari, o‘quvchilar turar joyi atroflicha tanishtirildi.

Shu bilan birga uyushmagan yoshlarga kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishni yanada rivojlantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun barcha yo‘nalishlarda qo‘shimcha 1 oydan 3 oygacha bo‘lgan qisqa muddatli Axborot texnologiyalari, Avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, Mashinasozlik ishlab chiqarish texnikasi hamda Elektryoyli yarimavtomat (kemping) payvandchi mutaxassisliklari bo‘yicha kurslar mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot berildi va doimiy hamkorlik qilish masalalari belgilandi.

 

Manzil: Toshkent sh , Sergeli t, Sergeli-8a.

Tel.: (+99894) 660 88 09

Facebook: https://www.facebook.com/koica.uz/

Instagram: https://www.instagram.com/vtctuz/

vk: https://vk.com/vtct_koica

Telegram: https://t.me/koica_uz,

https://t.me/KOICA_vtct

Sayt:  https://vtct.uz/

Hamkorlar