Admin 13-01-2020 13:33 278

“World Skills international” Rahbari markazimizda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 394-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida 2019-2021 yillarda ishchi kasblarni yanada rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha tadbirlar rejasiga asosan “World Skills international”  xalqaro standartlari asosida Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi jamoalari ishtirokida  Toshkent shahrida ishchi kasblar bo‘yicha birinchi ochiq milliy chempionat tashkil etildi.
           Chempionatda ishtirok etish va jarayonni kuzatish uchun O‘zbekistonga kelgan “World Skills international”  Xalqaro assotsiatsiyasi Prezidenti Yos de Goy boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari B.Umurzakov xamrohligida 2019 yil 17 dekabr kuni Toshkent shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markaziga tashrif buyurishdi. Toshkent shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-xunarga o‘kitish markazi direktori Dj.Valiev Markaz faoliyati, har bir yo‘nalishdagi o‘qitish usullari, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish jarayoni bilan mehmonlarni tanishtirdi.
          Yos de Goy janoblari Markazimiz faoliyati hamda tahsil olayotgan o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlarga yuksak baho berib, Toshkent shahrida ishchi kasblar bo‘yicha birinchi ochiq milliy chempionati “Uzbekistan Skills” da ishtirok etayotgan Markazimiz o‘quvchilariga omad tiladi.
Bu esa Markazimiz jamoasi hamda o‘quvchilarga ko‘tarinki rux bag‘ishladi.

✔️Manzil: Toshkent shahar, Sergeli tumani, Sergeli-8 mavzesi. 
Murojaat uchun tel (+99871) 251-19-03, 251-26-44, 251-26-91.
Facebook: https://www.facebook.com/koica.uz/
Instagram: https://www.instagram.com/vtct.uz/
Vk: https://vk.com/vtct_koica
Telegram: https://t.me/koica_uz,   https://t.me/KOICA_vtct
Sayt:  http://vtct.uz/

Hamkorlar