Admin 15-01-2020 13:21 1003

Xalqaro hamkorlik

Bugun, 2020 yil 15 yanvar kuni Toshkent shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markaziga Koreya Respublikasining KOJE universitetidan Xalqaro hamkorlik markazi direktori professor Xan Yongsup va Xalqaro munosabatlar markazi xodimi Kim Gyon Xu boshchiligidagi bir guruh universitet vakillari tashrif buyurishdi va ular ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Shuningdek, uchrashuvda Markaz direktorining birinchi o‘rinbosari Maqsuda Norova, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Dushebaev va Kasb-hunar-texnik o‘qitishni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Sandjar Kurdashevlar ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida Markazning bugungi kundagi faoliyati hamda KOJE universiteti  faoliyati haqida suxbatlashildi. Suhbat chog‘ida professor Xan Yongsup  Markaz bitiruvchilarini KOJE universitetida tahsil olishlariga taklif etdi va  kelgusida bu masala bo‘yicha yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda kelajakdagi rejalar to‘g‘risida fikr almashdi. Tomonlar  kelgusida birgalikda   istiqbolli loyihalarni muhokama qilishga kelishib olishdi.

Hamkorlar