O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Toshkent shahridagi Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazida Axborot tehnologiyalari yo‘nalishi o‘quvchilarining 6-oylik nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni bajarib, 2 oylik ishlab chiqarish amaliyotini yakunlaganligi munosabati bilan 2020 yil 27-28-29 fevral kunlari Yakuniy malaka imtihoni o‘tkazildi. Yakuniy malaka imtihonida Malaka komissiyasi raisi sifatida “O‘quvenergoqurilish” NTM direktorining birinchi o‘rinbosari Nishonov Shaxboz Sodiqovich, Malaka komissiyasi a’zosi sifatida “BM VATAN” MChJ AKT mutaxassisi Mahmudov Jaxongir Abdufattaevich ishtirok etdi.
Yakuniy malaka komissiyasi qaroriga asosan Axborot tehnologiyalari yo‘nalishining 65 nafar bitiruvchisiga davlat na’munasidagi diplomlar topshirildi. Markaz rahbariyati bitiruvchilarning kelgusidagi ish faoliyatiga ulkan zafarlar va muvaffaqiyat yor bo‘lishini tiladi.
Manzil: Toshkent sh , Sergeli t, Sergeli-8a.
Tel.: (+99894) 660 88 09
Facebook: https://www.facebook.com/koica.uz/
Instagram: https://www.instagram.com/vtctuz/
vk: https://vk.com/vtct_koica
Telegram: https://t.me/koica_uz,
https://t.me/KOICA_vtct
Sayt: https://vtct.uz