Admin 22-02-2020 11:54 175

“Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish; islohotlar, imkoniyatlar”

2020 yil 21-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Toshkent shahridagi Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazida “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish; islohotlar, imkoniyatlar” mavzusida tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i M.Mirsobitov, bo‘lim bosh mutaxassisi A.Xidoyatov,  O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Sergeli tuman Kengashi raisi A.Qayumov, “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi Sergeli tuman filiali rahbari J.Saidqulovlar ishtirok etdi. 

Tadbir davomida o‘quvchilarimizga bugungi kunda tadbirkorlik sohasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar va “Yoshlar-kelajagimiz” Davlat dasturi ijrosi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Undan tashqari o‘quvchilarimiz “Tadbirkorlik sirlari” va “Biznes reja tuzish” haqida ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Uchrashuv davomida tashrif buyurgan mehmonlar Markazning bugungi kundagi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar va kelgusidagi istiqbolli hamkorlik rejalari to‘g‘risida fikr almashdilar.

 

Manzil: Toshkent sh , Sergeli t, Sergeli-8a.

Tel.: (+99894) 660 88 09

Facebook: https://www.facebook.com/koica.uz/

Instagram: https://www.instagram.com/vtctuz/

vk: https://vk.com/vtct_koica

Telegram: https://t.me/koica_uz,

https://t.me/KOICA_vtct

Sayt:  https://vtct.uz/

Hamkorlar