img
img

Yangiliklar

img
Markaz

O'zbekiston Respublikasiga xorijdagi Koreya madaniy almashinuv assotsiatsiyasi vakillari tashrif buyurishdi

2024 yil 15-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Toshkent shahridagi ishsizlarni kasb-hunarga o'qitish markaziga Janob Kim Woo Young boshchiligida Koreyaning xorijdagi madaniy almashinuv assotsiatsiyasi vakillari tashrif buyurishdi. 

Koreyalik vakillar Markaz xodimlari va o'quvchilari uchun o'z milliy chiqishlarini ko'tarinki ruhda namoyish etishdi. Shuningdek, Markazning Axborot texnologiyalari yo'nalishi o'quvchilari tomonidan tayyorlangan dasturlar ham namoyish etildi. Ular tomonidan tayyorlangan "Milliy taomlar dasturxoni" mehmonlarda o'zgacha taassurot qoldirdi. 

Tashrif so'ngida mehmonlar Markazga esdalik sifatida Koreya milliy liboslarini taqdim etib kelgusida birgalikda turli ko'ngilochar dasturlar tayyorlashga kelishib oldilar.

 

Onlayn xizmatimizga obuna bo'ling