img
img

Yo'nalishlar

img
Oflayn

Avtomobillarga texnik hizmat ko'rsatish va ta'mirlash

Avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash yo’nalishi quyidagi mutaxasislarni tayyorlaydi:

 

1. Avtomobil dvigatellariga texnik xizmat ko'rsatish chilangari

2. Avtomobil shassisiga texnik xizmat ko'rsatish chilangari

3. Avtomobillarni diagnostika qilish chilangari

4. Avtoelektrik

5. Avtomobil kuzov qismlarini ta'mirlash chilangarlari

 

         Bizning yo'nalishda:

 

1. Ichki yunuv dvigatellari va ularga texnik xizmat ko'rsatish bo’yicha

Ichki yonuv dvigatellarining krivoshim-shatun mexanizmi, gaz taqsimlash mexanizmi va dvigatel sovitish, moylash, o't oldirish, ta'minlanish tizimlarini tuzilishini va ularni ta’mirlashni o’rganishadi.

2. Avtomobil shassisi va ularga texnik xizmat ko'rsatish bo’yicha 

Mexanik uzatmalar qutisi, avtomat uzatmalar qutisi, avtomobil transmissiyasi, avtomobil boshqaruv mexanizmlari, tormoz tizmalari va yurish qismlarini tuzilishi, nosozliklarini aniqlash va ularni ta’mirlash ishlarini o’rganishadi.

3. Avtomobillarni diagnostika qilish va texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha

Avtomobil dviatellari, shassi qismi, va elektr jixozlarini nosozliklarini aniqlash, mexanizm va tizimlariga tashxis qo’yish, ularning elektron boshqaruv qismlarini o’rganish va ta’mirlashni o’rganishadi.

4. Avtomobil elektr va elektron jixozlari bo’yicha

Avtomobil generatori, starteri, elektr ta’minot tizimi  tuzilishi, elektr iste’molchilari va elektr tizimlarini ishlashini va ularni ta’mirlashni o’rganishadi.

5. Avtomobil kuzov ishlari va ularga texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha nazariy va amaliy darslar o’tiladi

Avtomobil kuzovi geometriyasini tiklash, kuzov qismlarini demontaj qilish, svarkalash, shpaklevkalash, gruntovkalash, kraskalash va polirovka ishlarini o’rganishadi.

Onlayn xizmatimizga obuna bo'ling