Axborot texnologiyalari

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “O‘zbekistonda kasb-hunarga o‘qitish imkoniyatlarini rivojlantirish” loyihasi doirasida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ishtirokida Toshkent shahrida tashkil etilgan ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markaziga o‘quvchilar qabul qilinadi.
Markazda ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish (qayta tayyorlash) quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha bepul amalga oshiriladi
Axborot texnologiyalari
-Loyihalash va kompyuter grafikasi dizayneri. (AutoCad, 3D Max, Maya, Lumion, Kompyuter grafikasi)
-Web dasturlash. Front end (HTML5,CSS3, bootstrap 4), Back end (PHP, MySQL, JavaScript), Yii2, Laravel, Python, Wordpress,
-Nashriyot va grafik dasturlari. (CorelDraw, Adobe dasturlari: Photoshop, inDesign, PremierePro, Video Studio, After Effects)
-VideoStudio. ( Adobe dasturlari: PremierePro, Video Studio, After Effects)
-Office dasturlari. (MsWord, MsExcel, MsPowerPoint)
-Kompyuter tizimlari va tarmoqlari. (Network, Server, Kerio Controller, Ip-Telefon, Camera)
-Algaritimlash va dasturlash asoslari.
-Multimediya texnologiyalari.
-Axborot texnologiyalari.
-Kompuyter grafikasi va umumiy dizayin.
-Mehnat muhofazasi va texnika havsizligi.
-Elektron hukumat.
Markazda kasb-hunarga o‘qish muddati - 8 oy, shundan Markazda o‘qish – 6 oy, korxonalarda ishlab chiqarish amaliyoti – 2 oy.
Kasb-hunarga o‘qitish markaziga hujjatlar, o‘qish istagini bildirganlarning ixtiyoriy tanloviga muvofiq, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazining yo‘llanmasi asosida qabul qilinadi.
Toshkent shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazining bitiruvchilariga egallagan kasbi (mutaxassisligi) bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi davlat namunasidagi diplom beriladi.
Talab qilinadigan hujjatlar: ariza, pasport (asli va nusxasi), ma’lumotini tasdiqlovchi hujjat,  ishga joylashtirishni kafolatlovchi uch tomonlama (ish beruvchi, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi, jismoniy shaxs) shartnoma nusxasi, Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan berilgan yo‘llanma, 3,5x4,5 mm hajmdagi 4 dona rangli fotosurat.

Hamkorlar