Elektrotexnika, elektronika va avtomatlashtirish

Elektrotexnika, elektronika va avtomatlashtirish bo‘limida

Elektrotexnika:

  • Turar joy binolar,
  • Inshoatlar,
  • Korxonalarda elektr montaj ishlari,
  • Muqobil (quyosh energiyasi) va noan’anaviy elektr energiyasini ishlab chiqarish qurilmalarini o’rnatish va ularga texnik xizmat ko’rsatish.

 

Elektronika:

  • Maishiy texnikalar (konditsioner, muzlatgich, elektr pech, dazmol, elektr choynak va x.k.),
  • TV, AUDIO, VIDEO, DVD, RADIO va boshqa qurilmalar,
  • Elektron SMART  tizimlari va boshqa elektronika qurilmalarini o’rnatish, diagnostika qilish, sozlash, ta’mirlash va xizmat ko’rsatish ishlari.

 

Avtomatlashtirish:

  • Sequence control (korxonalarda elektr qurilmalari nazorat-boshqaruv tizimlarini ketma-ket muvofiqlashtirish),
  • ElectrCAD (elektr montaj sxemasini kompyuter orqali loyihalash),
  • MultiSIM va MICOM dasturlash,

PLS – Programmable Logic Controller (Korxonalarda elektr qurilmalarini dasturlash, avtomatlashtirish va boshqarish).

 

Markazda kasb-hunarga o‘qish muddati 8 oy, shundan Markazda o‘qish – 6 oy, korxonalarda ishlab chiqarish amaliyoti – 2 oy.

Kasb-hunarga o‘qitish markaziga hujjatlar, o‘qish istagini bildirganlarning ixtiyoriy tanloviga muvofiq, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazining yo‘llanmasi asosida qabul qilinadi.

Toshkent shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazining bitiruvchilariga egallagan kasbi (mutaxassisligi) bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi davlat namunasidagi diplom beriladi.

Talab qilinadigan hujjatlar: ariza, pasport (asli va nusxasi), ma’lumotini tasdiqlovchi hujjat,  ishga joylashtirishni kafolatlovchi uch tomonlama (ish beruvchi, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi, jismoniy shaxs) shartnoma nusxasi, Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan berilgan yo‘llanma, 3,5x4,5 mm hajmdagi 4 dona rangli fotosurat.

Hamkorlar