img
img

Yangiliklar

img
Xalqaro aloqa

Hamkorlik masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakillari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Toshkent kasb-hunarga o‘qitish markazida kelgusidagi hamkorlik masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Toshkent kasb-hunarga o‘qitish markazi rahbariyati, Urganch loyihasi bosh menejeri JO Xyonchan, Kasbiy malaka tizimiga mas’ul bosh mutaxassis PAK Keyong hamda KOICA loyihalari qurilishiga mas’ul mutaxassis KANG Munghyong ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistondagi kasb-hunarga o‘qitish markazlari o‘qituvchilari uchun malaka oshirish mintaqaviy markazi qurilishi masalalari muhokama qilindi. Tomonlar Malaka oshirish markazi tashkil etilishida doimiy hamkorlikda ishlashga kelishib olishdi.

 

Manzil: Sergeli, Toshkent, Sirg'ali-8a.
Tel: (71) 251-19-03, (94) 660-88-09

Onlayn xizmatimizga obuna bo'ling