Toshkent shahridagi ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish markazi Ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar bandligiga ko‘maklashish, ularni mehnat bozoridagi kasblarga yo‘naltirish maqsadida 2024 yil 25-sentabr kuni Toshkent Transport universitetida tashkil etilgan "Ish bor-hunar bor" shiori ostida "bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi"da ishtirok etdi. Ushbu mehnat yarmarkasiga tashrif buyurgan fuqarolarga mutaxassislar tomonidan Markazda tashkil etilgan kasb yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Manzil: Toshkent sh, Sirg'ali-8a.
Tel: (71) 251-19-03, (94) 660-88-03