Koreya Respublikasi “Malakali va professional iste’dodlarni rivojlantirish dasturi” uchun dastlabki tadqiqot guruhining professor Hyun Chan Choe boshchiligidagi bir guruh mutaxassislari Toshkent shahar “Kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazi”ga tashrif buyurdi va “O‘qituvchilar malakasini oshirish Markazi” bo‘yicha loyiha faoliyatini yuritishda “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish” va “Mashinasozlik ishlab chiqarish texnologiyalari” bo‘limlarining o‘quv jarayoni va jihozlari bilan tanishildi.
Shundan so‘ng hamkorlik aloqalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishib olindi.