18-19-mart kunlari BMTning Migratsiya bo'yicha xalqaro tashkiloti tomonidan poytaxtimizning "PANARAM'S" mehmonxonasida "O‘zbekiston fuqarolari uchun Buyuk Britaniyaga xavfsiz migratsiya'' loyihasi doirasida mehnat migrantlarining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan seminar-trening tashkil etildi. Ushbu seminar-treningda Toshkent shahar kasbiy ko'nikmalar mintaqaviy markazi o'qituvchilari va o'quvchilari faol ishtirok etishdi hamda o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Manzil: Sergeli, Toshkent, Sirg'ali-8a.
Tel: (71) 251-19-03, (94) 660-88-03