"Hikvision Partner Day – 2025" tadbirida Toshkent shahar kasbiy ko'nikmalar mintaqaviy markazi o'quvchilari ishtirok etishdi!
2025-yil 4-aprel kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Hikvision Partner Day” tadbirida Markaz o‘quvchilari bilan faol ishtirok etishdi. Tadbir davomida zamonaviy xavfsizlik tizimlari, video nazorat texnologiyalari hamda sun'iy intellekt asosidagi ilg‘or yangiliklar taqdim etildi. O‘quvchilarimiz ushbu ma’lumotlarga katta qiziqish bildirishdi, savol-javob sessiyalarida faol qatnashib, esdalik sovg‘alarini yutib olishdi. Bunday tadbirlar yoshlarimizning texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan boyitish uchun katta imkoniyat yaratadi.
Manzil: Toshkent sh, Sirg'ali-8a.
Tel: (71) 251-19-03, (94) 660-88-03