img
img

Yangiliklar

img
Markaz

O‘zbekiston ilk bor WorldSkills Industrial Design Technology xalqaro musobaqasida ishtirok etdi!

O‘zbekiston ilk bor WorldSkills Industrial Design Technology xalqaro musobaqasida ishtirok etdi!

2025-yil 13–18-may kunlari Xitoyning Shenzhen shahrida bo‘lib o‘tgan 48-WorldSkills Industrial Design Technology International Invitational Competition musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor qatnashdi.

Mazkur musobaqa Shenzhen Institute of Technology (SIT) hamda sanoat dizayni sohasidagi nufuzli tashkilotlar hamkorligida o‘tkazildi. Unda baholash jarayoni faqatgina amaliy ko‘nikmalarga asoslanib, xalqaro ekspertlar tomonidan joyida amalga oshirildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Sulaymon Xushmurodov ishtirokchi sifatida, Iroda Abdullaeva va Ulug‘bek Xoshimjonov esa ekspertlar sifatida qatnashdilar.

Ushbu ishtirok mamlakatimiz uchun WorldSkills Taipei va WorldSkills Shanghai chempionatlari oldidan katta tajriba maydoniga aylandi.

Musobaqa davomida ishtirokchilarimiz xalqaro standartlarni chuqur o‘rgandilar, tajriba almashdilar va o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Biz hozir transformatsiya bosqichidamiz.
WorldSkills standartlariga to‘liq mos jihozlar bilan ta’minlangach, terma jamoamiz albatta sovrinli o‘rinlarni egallaydi.

O‘zbekiston yoshlariga – kuch, ishtirokchilarga – sharaf, ustozlarga – rahmat!

WorldSkills Uzbekistan – kasbiy mahorat bilan kelajak sari!


Manzil: Toshkent sh, Sirg'ali-8a.
Tel: (71) 251-19-03, (94) 660-88-03

Onlayn xizmatimizga obuna bo'ling