4-iyul kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) va Toshkent kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumi asosida, OKMK xodimlarini zamonaviy kasbiy bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash maqsadida pullik o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mazkur kelishuv doirasida OKMK xodimlari o‘z sohalari bo‘yicha sohaning yetakchi mutahassislari tomonidan beriladigan nazariy hamda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. O‘quv kurslari ilg‘or o‘quv dasturlari asosida, yuqori malakali mutaxassislar ishtirokida olib borilishi rejalashtirilgan.
Ushbu tashabbus ishchi-xodimlarning raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini kuchaytirish hamda korxona taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga xizmat qiladi.