O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK VAZIRLIGI HUZURIDAGI TOSHKENT SHAHAR KASBIY KO‘NIKMALAR MINTAQAVIY MARKAZI QABUL E'LON QILADI
Markazda ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish (qayta tayyorlash) quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha bepul amalga oshiriladi:
Avtomobillarni ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish (Avtomobil dvigatellariga texnik xizmat ko‘rsatish chilangari, Avtomobil shassisiga texnik xizmat ko‘rsatish chilangari, Avtomobillarni diagnostika qilish chilangari, Avtoelektrik, Avtomobil kuzov qismlarini ta‘mirlash chilangari),
Mashinasozlik ishlab chiqarish texnologiyasi – Payvandlash ishlari (AUTO CAD, SOLIDWORKS, KOMPAS 3D, CNC operator, CNC dasturchi, Tokar, Frezerlovchi, Argon payvandchi, CO2 yarim avtomat payvandchi, Qo'lda elektryoyli payvandchi, , Chilangar mexaniklar va metallarga ishlov berish mutaxassislari),
Elektrotexnika, elektronika va avtomatlashtirish (Bino-inshootlarda elektromontaj ishlari, Elektron va maishiy texnikani, Radio va teleapparaturani ta’mirlash va ularga servis xizmati ko‘rsatish mutaxassislari, Avtomatlashtirish, Muqobil energiya manbalariga xizmat ko‘rsatish, Avtomatik liniyalarni dasturlash),
Axborot texnologiyalari (Loyihalash va dizayn dasturlari, Kompyuter tizimlari va tarmoqlari, Web dasturlash, Nashriyot va grafik dasturlari, MS Office dasturlari,Video Studio va boshqalar).
Markazda kasb-hunarga o‘qish muddati 8 oy, shundan Markazda o‘qish – 6 oy, korxonalarda ishlab chiqarish amaliyoti – 2 oy.
Kasb-hunarga o‘qitish markaziga hujjatlar, o‘qish istagini bildirganlarning ixtiyoriy tanloviga muvofiq, tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limining yo‘llanmasi asosida qabul qilinadi.
Toshkent shahar kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazining bitiruvchilariga egallagan kasbi (mutaxassisligi) bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi davlat namunasidagi diplom beriladi.
Talab qilinadigan hujjatlar: ariza, pasport nusxasi, ma'lumotini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, ishga joylashtirishni kafolatlovchi uch tomonlama (ish beruvchi, tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi, jismoniy shaxs) shartnoma nusxasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tomonidan berilgan yo‘llanma.
Hujjatlar 2025-yil 1-iyuldan 2025-yil 25-avgustgacha qabul qilinadi.
Manzil: Toshkent shahar, Sergeli tumani, Sergeli-8 mavzesi.
Murojaat uchun tel: (+99871) 251-19-03, (+99894) 660-88-03,(09)