Toshkent shahar kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazi hamda "Liftees" kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
2025-yil 5-avgust kuni "Liftees" kompaniyasi va Toshkent shahar kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha yangi bosqichdagi ishlar boshlangani e’lon qilindi. Ushbu hamkorlik doirasida markazda tahsil olayotgan o‘quvchilarga ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash, malaka oshirish hamda o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Hamkorlikning asosiy maqsadi – o‘quvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini real ish sharoitida mustahkamlash, ularni amaliy tajriba bilan boyitish va mehnat bozoriga mos malakali kadrlar yetishtirishdan iboratdir.
"Liftees" kompaniyasi texnik yo‘nalishdagi kasb egalari, xususan lift montajchilari, texnik xizmat ko‘rsatish mutaxassislari va boshqa tegishli soha vakillarini ishga qabul qilishda markaz bitiruvchilariga ustuvorlik beradi.
Mazkur tashabbus orqali nafaqat o‘quvchilar bandligi ta’minlanadi, balki ularning kasbiy o‘sishi ham qo‘llab-quvvatlanadi. Tomonlar kelgusida bu kabi qo‘shma loyihalarni davom ettirish va hamkorlik doirasini yanada kengaytirishni rejalashtirmoqda.