24-sentabr kuni Toshkent shahar kasbiy ko'nikmalar mintaqaviy markaziga Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) O'zbekistondagi ofisi direktor o'rinbosari Kim Si Yeon xonim tashrif buyurdi.
Tashrif davomida delegatsiya a'zolari markaz faoliyati, uning kelajakdagi rejalari hamda volontyor o'qituvchilar ish faoliyati bilan tanishtirildi. Yig‘ilish davomida kelgusida markazga volontyor jo'natish loyihasini yanada kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, uchrashuvda kelgusidagi yangi loyihalar ustida hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.