img
img

Yangiliklar

img
Markaz

Hamkorlik Memorandumi imzolandi!

📄 Hamkorlik Memorandumi imzolandi!

Bugun Toshkent shahar kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazi va CY Academy (Koreya Respublikasi) o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Memorandum imzolandi. 🇺🇿🤝🇰🇷

🤝 Ushbu hujjat doirasida:
📘 O‘zbekiston tibbiyot sohasidagi o‘rta bo‘g‘in xodimlari uchun koreys tili kurslarini tashkil etish,
🎓 malaka oshirish va qayta tayyorlash dasturlarini joriy etish,
💡 o‘quv dasturlarini zamonaviy mehnat bozori talablariga moslashtirish rejalashtirilgan.

Mazkur hamkorlik ikki mamlakat ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

📍 Toshkent shahar kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazi Axborot xizmati

Manzil: Toshkent sh, Sirg'ali-8a.
Tel: (71) 251-19-03, (94) 660-88-03

Onlayn xizmatimizga obuna bo'ling