Armiyadan qaytgan askar - kasb bilan qaytadi
Joriy yilning 13-yanvar kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda muddatli harbiy xizmatning yangi modeli belgilandi.
Yangi yondashuvga ko‘ra, har bir harbiy xizmatchi xizmatni tugatgach:
- kasbiy ko‘nikmalarga
- real hayotiy va mehnat bozoriga mos imkoniyatlarga ega bo‘lishi kerak.
Ayni paytda Toshkent shahar kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazida Milliy gvardiyaning 98162-harbiy qismidan 123 nafar askar Axborot texnologiyalari yo‘nalishida qisqa muddatli o‘quv kurslarida tahsil olmoqda.
Bu tashabbus harbiy xizmatni o‘tayotgan yoshlarning kelajagini mustahkamlashga qaratilgan muhim amaliy qadamdir.