Joriy yilning 26-yanvar kuni Toshkent shahar kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qismi askarlari uchun Axborot texnologiyalari yo‘nalishida o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
O‘quv dasturi doirasida 28-yanvar kuni “Ish qurollari paneli” mavzusi asosida amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Mashg‘ulotlar jarayonida tinglovchilar zamonaviy dasturiy ish qurollari bilan tanishib, ularning funksional imkoniyatlari hamda amaliy qo‘llanilishi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda.
Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari askarlarning kelgusida kasbiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadigan bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.