Bugun Toshkent shahar kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qismi askarlariga Axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlaganliklari munosabati bilan sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida kurs dasturini to‘liq o‘zlashtirgan, nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallagan harbiy xizmatchilarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur o‘quv kurslari harbiy xizmatchilarning zamonaviy kasbiy salohiyatini oshirish, raqamli savodxonligini mustahkamlash hamda ularning kelgusidagi faoliyatida munosib o‘rin egallashiga xizmat qilmoqda.
Tadbir yakunida bitiruvchilarga kelgusi xizmat va faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilandi.