img
img

Yangiliklar

img
Markaz

🌸 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni

🌸 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni

Toshkent shahar kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan markazimizda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni e’zozlashga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi.

💐 Tadbir davomida markaz jamoasi tomonidan ayollarga samimiy tabriklar va ezgu tilaklar bildirilib, ularning jamiyat hamda kasbiy ta’lim tizimidagi o‘rni alohida e’tirof etildi. Shuningdek, ularga esdalik sovg‘alari topshirilib, bayramona kayfiyat ulashildi.

✨ Markazimiz jamoasi barcha xotin-qizlarni ushbu go‘zal bayram — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etadi hamda ularga sihat-salomatlik, baxt-saodat va kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Onlayn xizmatimizga obuna bo'ling