🏢 Milliy gvardiya harbiy qism komandiri markazimizga tashrif buyurdi
Toshkent shahar kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markaziga Milliy gvardiya harbiy qism komandiri hamda uning o‘rinbosari tashrif buyurdi.
👥 Tashrif davomida ular markazda kasbiy ko‘nikmalarini oshirayotgan muddatli harbiy xizmatchilar bilan uchrashib, o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
📚 Shuningdek, markazdagi o‘quv xonalari va amaliy mashg‘ulotlar olib borilayotgan ustaxonalar ham ko‘zdan kechirildi.