img
img

Yangiliklar

img
Markaz

Ta’lim sifati bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazildi

Ta’lim sifati bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazildi

Sergeli tuman 2-son texnikumida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining O‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari sifatini baholash guruhi vakili Abdullayev Zoir Qudratilla o‘g‘li tomonidan o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi.

Mazkur so‘rovnoma Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan ta’lim muassasasida ta’lim sifati darajasini, yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish hamda ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida tashkil etildi.

So‘rovnoma jarayonida ishtirokchilar o‘z fikr va mulohazalarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘lib, bu esa ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Onlayn xizmatimizga obuna bo'ling