img
img

Yangiliklar

img
Markaz

🇰🇷 Korea Elevator University vakillari Sergeli tuman 2-son texnikumida!

🇰🇷 Korea Elevator University vakillari Sergeli tuman 2-son texnikumida!

Sergeli tuman 2-son texnikumiga Janubiy Koreyaning Korea Elevator University universitetidan nufuzli delegatsiya tashrif buyurdi.

Mehmonlar qatorida universitetning Glocal Project Group direktori Jaebok SIM va International Education Center direktori Kim Sung-jin ishtirok etdi.

Tashrif davomida mehmonlar texnikumimizning o'quv jarayonlari, kasbiy tayyorlash dasturlari va zamonaviy infratuzilmasi bilan kengdan tanishib chiqdi. Ikki tomon o'rtasida kelgusi hamkorlik loyihalari, tajriba almashish va birgalikdagi ta'lim dasturlarini ishlab chiqish bo'yicha samarali suhbat olib borildi.

Korea Elevator University — liftchilik, mexatronika va muhandislik ta'limi sohasida Janubiy Koreyaning yetakchi oliy o'quv yurtlaridan biri. Bunday nufuzli muassasa vakillari bilan o'rnatilayotgan hamkorlik texnikumimiz uchun yangi va keng imkoniyatlar eshigini ochadi.

Sergeli tuman 2-son texnikumi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va ilg'or xorijiy tajribani o'z faoliyatiga tatbiq etish yo'lida izchil ish olib bormoqda.

Onlayn xizmatimizga obuna bo'ling