img
img

Yo'nalishlar

img
Oflayn

Axborot texnologiyalari

O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK VAZIRLIGI

TOSHKЕNT SHAHAR KASBIY KO‘NIKMALAR MINTAQAVIY MARKAZI

 

O‘zbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “O‘zbekistonda kasb-hunarga o‘qitish imkoniyatlarini rivojlantirish” loyihasi doirasida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ishtirokida Toshkent shahrida tashkil etilgan Kasbiy ko'nikmalar mintaqaviy markaziga o‘quvchilarni qabul qilish jarayonlari boshlanganini e’lon qiladi.

Markazda ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish (qayta tayyorlash) quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha bepul amalga oshiriladi:

Axborot texnologiyalari

•  Loyihalash va kompyuter grafikasi dizayneri: Autodesk Revit, AutoCad, 3DSMax, Lumion.

Veb dasturlash: Front end (HTML5, CSS, Bootstrap, JavaScript) Back end (Node.js, PHP, MySQL), Laravel, Python.

•  Nashriyot va grafik dasturlari: Adobe Photoshop, Adobe Illustration, Adobe inDesign.

•  VideoStudio: Adobe PremierePro, Adobe After Effects.

•  Office dasturlari: Ms Word, Ms Excel, Ms PowerPoint.

•  Kompyuter tizimlari va tarmoqlari: Cisco CCNA, Network, Ip-Camera.

•  Tizim administratorligi va xavfsizligi: Windows Server, Kerio Control, Kerio Operator.

•  Kompuyter grafikasi va umumiy dizayn: Corel Draw.

•  Multimedia texnologiyalari asoslari.

•  Axborot texnologiyalari.

•  Axborot xavfsizligi

•  Dasturlash asoslari

 

Markazda kasb-hunarga o‘qish muddati 8 oy, shundan Markazda o‘qish – 6 oy, korxonalarda ishlab chiqarish amaliyoti – 2 oy.

Kasb-hunarga o‘qitish markaziga hujjatlar, o‘qish istagini bildirganlarning ixtiyoriy tanloviga muvofiq, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazining yo‘llanmasi asosida qabul qilinadi.

Toshkent shahar Kasbiy ko'nikmalar mintaqaviy markazining bitiruvchilariga egallagan kasbi (mutaxassisligi) bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi davlat namunasidagi DIPLOM beriladi.

Talab qilinadigan hujjatlar: ariza, pasport, ma’lumotini tasdiqlovchi hujjat, Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan berilgan yo‘llanma qabul qilinadi.

Manzil: Toshkent sh, Sirg'ali-8a.
Tel: (71) 251-19-03, (94) 660-88-03

Onlayn xizmatimizga obuna bo'ling