img
img

Hizmatlar

img
Offline

Loyihalash va dizayn

Autodesk 3ds Max (avval 3D Studio MAX) — Autodesk kompaniyasi tomonidan yaratilib bo'lingan, animatsiya va uch o'lchamli grafika yaratuvchi va tahrir qiluvchi to'liq funksiyali professional dastur. O'z ichiga multimediya sohasidagi mutaxassislar va rassomlar uchun eng zamonaviy vositalarni oladi. Windows operatsion tizimlari oilasi tarkibida ishlaydi (ham 32  bitda, ham 64‑bitda). 2014-yil martda dasturning Autodesk 3ds Max 2015 deb nomlangan 17.0 versiyasi ishlab chiqarildi.

Autodesk 3ds Max ikki litsenziyali versiyalarda mavjud: talaba — bepul (Autodesk veb-saytida ro'yxatga olinish kerak), dasturning to'liq versiyasini taqdim etadi (biroq undan foyda maqsadida foydalanish mumkin emas) va to'liq (tijorat) versiyasi 2400 yevro evaziga.

To'plamning ilk versiyasi 3D Studio DOS nomi ostida 1990-yilda ishlab chiqarilgan. To'plam ishlab chiqarilishi ustida dasturchi Gari Yost asos solgan Yost Group mustaqil studiyasi shug'ullanardi. Autodesk boshida faqat to'plam ishlab chiqaridh bilan shug'ullanardi. Ma'nbalarda keltirilishicha Gari Yost o'sha davrdagi Autodesk yangi loyihalari bo'yicha direktori Erik Lyons bilan muzaokaralardan so'ng o'z ish joyini tark etgan.

Birinchi to'rt reliz 3D Studio DOS nomiga ega edi (1990-1994-yillar). Keyin to'plam Windows NT uchun qayta yozildi va 3D Studio MAX deb qayta nomlandi (1996-1999). Versiya raqamlash qaytadan boshlandi.

2000-2004-yillarda to'plam Discreet 3dsmax markasi ostida ishlab chiqarilgan, 2005-yildan esa  — Autodesk 3ds MAX markasi ostida. Joriy versiyasi Autodesk 3ds MAX 2018 nomiga ega.

Onlayn xizmatimizga obuna bo'ling